Fakt

Davaktiv rahbari ikki mish-mishga aniqlik kiritdi: Texnopark Artel’ga, «O‘zbekiston pochtasi» esa Wildberries’ga boshqaruvga berilmagan

Toshkentdagi pochta binosi
© Felix O / Wikimedia Commons, CC BY-SA 2.0

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) direktori Sohibjon Murodov 8-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘nggi paytda tarqalgan ikki mish-mishga munosabat bildirdi.

Texnopark

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi «Texnopark» MChJ Artel kompaniyalar guruhi boshqaruviga berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Murodovning aytishicha, korxonaning 100 foiz ulushi Toshkent shahri hokimligiga tegishli va u rasmiy hujjat bilan hech qanday xususiy kompaniyaga boshqaruvga berilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi sakkiz oyda korxona bo‘yicha korporativ qarorlarni kelishish uchun hujjatlarni aynan hokimlik taqdim etgan. «Balkim hamkorlikda ishlagan bo‘lishi mumkin, men uni bilmayman», — dedi u.

«O‘zbekiston pochtasi»

«O‘zbekiston pochtasi» AJ Kuzatuv kengashidagi 9 o‘rindan 5 tasiga Wildberries vakillari tayinlangach, milliy pochta operatori rossiyalik kompaniyaga ishonchli boshqaruvga berilgani haqidagi taxminlar paydo bo‘ldi. Murodov buni ham rad etdi: «Bugungi kunda ishonchli boshqaruvga berilmagan». Uning izohlashicha, tayinlovlar pochtani moliyaviy sog‘lomlashtirish va boshqaruvni yangilash rejasining bir qismi bo‘lib, hozir Wildberries pochtaga 360 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz berishi mumkinligi muhokama qilinmoqda.

Xulosa: rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala korxona ham xususiy kompaniyalarga boshqaruvga berilmagan.

Manbalar: Gazeta.uz (9-oktabr); Kun.uz (9-oktabr)

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.