Nyu-Yorkda O‘rgimchak odam ishtirokidagi dron shousi o‘tkazilmagan
«O‘rgimchak odam: Yangi kun» filmi ekranlarga chiqqanidan so‘ng darhol kassadagi rekordlarni yangilay boshladi. Masalan, filmining O‘zbekistondadagi kassasi uchinchi prokat haftasidan so‘ng 9 milliard 450 million so‘m (796 ming dollar)ga yetgan. Film premyerasidan oldingi reklama kampaniyasi ham ancha shov-shuvli bo‘ldi. Bunda feyk xabarlar ham muhim rol o‘ynadi.
Iyul oyining oxirida Nyu-Yorkdagi Tayms-skverda O‘rgimchak odamning promoaksiyasi sifatida taqdim etilgan virusli sun’iy intellekt videosini Factcheck.kz nashri tahlil qilgan edi. O‘sha paytda Qozog‘istondagi ayrim OAVlar videoning haqiqiyligiga ishonib, uni o‘z sahifalarida ulashgan.
Xuddi shu davrda — iyul oxiri va avgust boshlarida — ijtimoiy tarmoqlarda turli tillarda filmning yana bir katta reklama kampaniyasi haqidagi xabarlar tarqaldi (1, 2, 3, 4).
Postlarda Nyu-Yorkda O‘rgimchak odamning Chrysler Building binosi tepasiga chiqib olayotgani tasvirlangan ulkan dron shousi o‘tkazilgani ta’kidlangan. Xabarlarga video ham ilova qilingan va unda bu «haqiqiy shou» ekani, neyron tarmoq yordamida yaratilmagani alohida ta’kidlangan.
Aslida bunday dron shousi bo‘lmagan. Video, katta ehtimol bilan, kompyuter grafikasi va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan.
