Feyk

“Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”. Afg‘oniston O‘zbekiston haqidagi bayonotlarni rad etdi

© wikimedia.org

Tarmoqlarda Afg‘oniston fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vaziri shayx Muhammad Xolid Hanafiy O‘zbekiston haqida tanqidiy bayonot bergani, jumladan, mamlakatda islomning faqatgina nomi qolganini aytgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi bu vaziyat yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Qayd etilishicha, 16-iyul kuni elchixona nomiga mazkur vazirlik tomonidan raddiya murojaati kelib tushgan.

“Unda ayrim doiralar va ommaviy axborot vositalari vaqti-vaqti bilan ikki qardosh davlat o‘rtasidagi ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari muhitiga putur yetkazishga va faktlarni buzib, ularni noto‘g‘ri talqin qilish orqali o‘zlarining g‘ayri maqsadlariga erishishga harakat qilishi ta’kidlangan”, — deyiladi xabarda.

Jumladan, raddiyada quyidagilar keltirilgan:

“Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq. Ushbu yurt islom ummatining ko‘plab buyuk ulamolari, jumladan, Imom Buxoriyning muqaddas vatanidir. Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida chuqur diniy, tarixiy, madaniy va xalqlar mushtarakligi mavjud. Biz ushbu munosabatlar va o‘xshashliklarni alohida qadrlaymiz”.

“Shu bois ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston deb salbiy talqin qilingan bayonot va chiqishlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Biz bunday da’volarni qat’iyan rad etamiz va ularni faktlarni buzish deb ataymiz”, — deydi qo‘shni o‘lka vazirligi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.