Fakt

Tramp o‘lim haqidagi mish-mishlarga javob berdi: “Men bunday gapni eshitmadim”

Asosiy voqea

AQSH prezidenti Donald Tramp seshanba kuni o‘zi vafot etgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga ilk bor munosabat bildirdi. U bunday gaplarni eshitmaganini aytib, dam olish kunlari juda band bo‘lganini ta’kidladi.

Asosiy faktlar

  • Trampdan bu mish-mish haqida so‘rashganda u: “Rostdanmi? Men bunday narsani ko‘rmadim”, — dedi va dam olish kunlari “juda band bo‘lganini” qo‘shimcha qildi. U “bunday gaplar juda jiddiy, lekin jiddiy feyk” deb atadi.
  • Tramp jurnalistlarga avvalroq “U yaxshimi? O‘zini qanday his qilayapti? Nimasi bor?” kabi savollarni eshitganini aytdi. Ammo “bunday darajada mish-mish bo‘lganini bilmaganini” qo‘shimcha qildi.
  • Dushanba kuni Tramp Oq uy tashqarisida golf kiyimida, shaxsiy kortejiga ketayotgan paytda suratga olingan. Shuningdek, shanba kuni nevarasi Kay Tramp bilan Virjiniyadagi golf klubiga ketayotgani tasvirlangan.
  • Biroq undan avval, ya’ni 26-avgust, seshanba kungi hukumat yig‘ilishidan keyin Tramp omma oldida ko‘rinmagan. Bu esa internetda “Tramp o‘ldimi?” degan savollarni mashhur qildi, Google’da esa “Trump dead” izlanishlari eng ko‘p qidiruvlarga chiqdi.
  • Tramp dam olish kunlari Truth Social tarmog‘ida muntazam postlar yozib turdi. Yakshanba kuni u: “HAYOTIMDA HECH QACHON O‘ZIMNI BUNCHALIK YAXSHI HIS QILMAGANMAN” deb yozdi va Illinoys demokratlari bilan tortishuvida keskin bayonotlar berdi.
  • 79 yoshli prezidentning uzoq muddat omma oldida ko‘rinmasligi, qo‘llaridagi sirli ko‘karishlar va ularni qalin grimm bilan berkitishi sog‘lig‘i haqidagi xavotirlarni kuchaytirgan. Oq uy esa bu izlarni qo‘l siqish va yurak xastaligi profilaktikasi uchun aspirin iste’mol qilish bilan izohlagan.

Qarama-qarshi fikrlar

  • Fitna nazariyalarini o‘rganuvchi Mayk Rotshild: “Tramp hozir juda g‘alati vaziyatda. Lekin u Walter Reed kasalxonasida degan mish-mishlar hech qanday dalilga ega emas, bu shunchaki ko‘rishlar sonini oshirishga urinayotgan blogerlarning gaplari”, — deb yozdi. Biroq u: “Ehtimol, Trampning sog‘lig‘i yomonlashgandir va Oq uy vaqtdan yutish uchun golfdagi suratlar va postlarni qo‘yayotgandir”, — deya ehtimolni ham istisno qilmadi.
  • Siyosiy sharhlovchi Kit Olbermann esa: “Albatta, Tramp o‘lmagan. Ammo bunga qanday qilib aniq ishonch hosil qilish mumkin? Oq uy uning og‘ir kasalligini yashirishni istayotgan ko‘rinadi”, — dedi.

Qo‘shimcha ma’lumot

  • Iyul oyida Oq uy Trampda surunkali venoz yetishmovchilik (CVI) borligini e’lon qilgan. Bu kasallik 70 yoshdan oshganlarda keng tarqalgan va to‘piqlarning shishishi bilan kuzatiladi.
  • Shifokorlar uning tomirlarida qon quyilishi yoki yurak yetishmovchiligi belgilarini topmagan. Oq uy shifokori ham qo‘ldagi ko‘karishlar “tez-tez qo‘l siqish va aspirin iste’moli oqibatida paydo bo‘lishi mumkin” degan xulosani bergan.

Orqa fon

  • Trampning dam olish kunlari jadvalida hech qanday rasmiy tadbir bo‘lmagan, ammo bu odatiy hol. U juma kuni Daily Caller nashriga bir soatlik intervyu bergan.
  • Shu bilan birga, vitse-prezident JD Vance ham intervyuda “agar falokatli hodisa bo‘lsa” prezidentlikni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini aytib, Tramp sog‘lom va yaxshi ahvolda ekanini ta’kidladi.
  • Tramp oylar davomida o‘ng qo‘lida katta ko‘karishlar bilan ko‘rinib keldi, o‘tgan hafta esa chap qo‘lida ham kichik ko‘karish paydo bo‘lgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.