Feyk

Avstriya aeroportida Avstraliyaga boraman, deb adashib kelgan sayyohlar uchun maxsus yordam markazi bormi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez Avstriyaning Zaltsburg aeroportida, aslida Avstraliyaga uchmoqchi bo‘lgan, lekin adashib kelib qolgan sayyohlar uchun maxsus yordam markazi borligi haqida postlar tarqaladi.

Aslida bunday markaz mavjud emas. Yevropadagi bu aeroport adashgan sayyohlarni boshqa qit’aga yo‘naltirish uchun maxsus stoli borligini rad etdi. Bu noto‘g‘ri tushuncha aeroportda joylashgan bir texnologiya kompaniyasining reklamasidan kelib chiqqan — reklamaga ko‘ra, go‘yoki bunday xizmat mavjuddek hazil qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez foydalanuvchilar uchun “qiziqarli fakt” tarqaladi: Go‘yoki Avstraliyaga borishni rejalashtirgan sayohatchilar shunchalik ko‘p adashib Avstriyaga kelib qolishganki, Zaltsburgdagi — mamlakatdagi ikkinchi yirik aeroportda — ularni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun maxsus markaz ochilgan emish.

Sidneyni ko‘zlab yo‘lga chiqqan, ammo minglab kilometr naridagi Zaltsburgda tushib qolgan e’tiborsiz sayyohlar uchun yordam stoli bor degan g‘oya ijtimoiy tarmoqlarda kulgi va zavq uyg‘otadi.

Instagram’dagi bir postda shunday deyiladi: “Agar bugun kayfiyatingiz yomon bo‘lsa, esingizda bo‘lsin: Zaltsburgdagi aeroportda Avstraliyaga emas, adashib Avstriyaga uchib kelgan odamlar uchun maxsus stoyka bor.”

Screenshot-2025-07-13-at-18-10-29

Ba’zilar bu iddaoni qo‘llab-quvvatlash uchun katta yozuv tushirilgan bir belgining suratini ulashadi. Unda quyidagicha yozuv bor: “Kechirasiz, bu yer Avstraliya emas, Avstriya! Yordam kerakmi? Tugmani bosing.”

Lekin bu haqiqatmi? Avstraliyaliklar aytganidek, “yo‘q”, yoki agar Avstriyada bo‘lib qolsangiz: “nein”.

Zaltsburg aeroporti o‘zining nemis tilidagi Facebook postida bu kabi stoyka yoki tugma mavjud emasligini, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan belgi esa aslida Commend nomli avstriyalik aloqa va xavfsizlik texnologiyalari kompaniyasining reklamasi ekanini bildirgan.

Darhaqiqat, belgida Commend saytining manzili ham ko‘rsatilgan va shunday yozuv bor: “Commend xavfsizlik va aloqa bilan ta’minlaydi — Zaltsburgdan butun dunyoga. Hatto eng g‘alati holatlar uchun ham.”

Commend International kompaniyasining vakili Volfgang Peer Associated Press’ga yozma bayonotida reklama haqiqiy bo‘lganini, ammo u 2022-yilda to‘xtatilganini tasdiqlagan.

“Bu reklama Zaltsburgdagi reklama agentligi bilan hamkorlikda yaratilgan,” — deb yozgan u emailda. “Maqsad, yo‘lovchilar bilan Commend brendi va uning interkom mahsulotlari o‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatish edi. Eng asosiysi, u hazil va kinoyali ohangda bo‘lishi kerak edi.”

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.