Feyk

Feyk: Xitoy G‘azoga havo orqali 35 million dollarlik gumanitar yordam yetkazdi

May oyining ikkinchi yarmida Instagram ijtimoiy tarmog’ida G‘azo ustidan Xitoy yuk samolyotlari gumanitar yordam tashlayotgani aks etgan videolar keng tarqaldi. Video sharhida esa Xitoyga minnatdorchilik bildiriladi va ba’zan “musulmon davlatlari”ni yetarli yordam ko‘rsatmagani uchun tanqid qilinadi. Quyida ushbu videoga havola va skrinshot keltirilgan:

Screenshot-2025-06-02-at-20-11-43

Ayni shu mazmundagi videolar ijtimoiy tarmoqlar va ko‘plab ommaviy axborot vositalarida turli tillarda tarqaldi va o‘nlab million marta ko‘rildi.

Bir biridan deyarli farq qilmaydigan videolar turli davrlarda olingan va Xitoy yuk samolyotlarining G‘azoga gumanitar yuk tashlashi bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan video lavhalardan montaj qilingan. Xitoy haqiqatdan G‘azo sektoriga gumanitar yordam ko‘rsatmoqda, biroq bu yordam havo orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri G‘azoga tashlanmagan.

Qidiruv davomida videotasvirdagi parashyutlardan foydalanilgan G‘azodagi gumanitar yordam tashlashga oid fotosuratlar topildi. Bu yordam tashlashlar 2024-yil mart oyining boshida bo‘lgan. O‘sha vaqtda bir nechta davlatlar G‘azoga havo orqali gumanitar yordam tashlagan, chunki Isroil yer orqali yordam o‘tkazishga ruxsat bermagan edi. Bu davlatlar ichida Xitoy bo‘lmagan.

Xitoy G‘azo sektoriga haqiqatda gumanitar yordam ko‘rsatmoqda, lekin bu yordam xalqaro tashkilotlar va boshqa kanallar orqali amalga oshirilmoqda. Havo orqali, ayniqsa harbiy aviatsiya yordamida yuk tashlash holati qayd etilmagan.

2025-yil 18-mart kuni ikkinchi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining buzilishi ortidan Isroil G‘azoga bo‘lgan blokadani kuchaytirdi. 13-may kuni Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashida G‘azodagi gumanitar inqirozni to‘xtatish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.