Hindiston va Pokiston to‘qnashuvi: Ijtimoiy tarmoqlar mojaroni qanday kuchaytirmoqda?
Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi keskinlik cho‘qqiga chiqqan bir vaqtda, ikki davlat orasidagi allaqachon tarang bo‘lgan munosabatlar internetda turli nazariyalar va feyk ma’lumotlarning to‘lqinini keltirib chiqardi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu qarama-qarshi hujumlardan foydalanib, virusli, biroq yolg‘on voqealarni keng tarqatishmoqda.
Chalg‘ituvchi postlar to‘lqini 22-aprel kunidayoq boshlangan — o‘shanda qurollangan shaxslar Hindiston nazoratidagi Kashmirda joylashgan Pahalgamdagi sayyohlik maskaniga hujum qilib, 26 kishini o‘ldirib, o‘nlab odamlarni yaralab, hodisa joyidan qochib ketishgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Ushbu hodisa Hindiston va Pokiston tomonidan diplomatik choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lib, yadro quroliga ega bu ikki qo‘shni davlat o‘rtasida to‘liq urush boshlanishi haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi.
Misbar bir necha minglab ko‘rish yig‘gan, ammo keyinchalik feyk ekani fosh bo‘lgan ijtimoiy tarmoq postlarini aniqladi.

Pahalgamdagi hujum oqibatlarini aks ettirayotgani da’vo qilingan SI yordamida yaratilgan surat
26-aprel kuni Misbar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, yerda o‘lik va yaralangan odamlar yotgan, politsiya xodimlari hodisa joyini ko‘zdan kechirayotganini ko‘rsatadigan suratlarni tekshirib chiqdi. Bu suratlar 200,000 dan ortiq marta ko‘rib ulguran edi.
For Pakistan, k!lling Hindus is Islam.
For India, it’s terror that has got ‘nothing to do with Islam’.
Problem is not with Pakistan. It’s with India.#PahalgamTerroristAttack pic.twitter.com/IhKSbmI36L
— Pakistan Untold (@pakistan_untold) April 23, 2025
Misbar ikki suratni tahlil qilib, g‘ayritabiiy tafsilotlarni — g‘alati shakldagi yuzlar, deformatsiyalangan tanalar, egilgan barmoqlar va noodatiy yuz tuzilmalarini aniqladi. Bundan tashqari, maysadan ko‘tarilayotgan tutun ham sun’iy ko‘rinishda edi.

Bu da’volardan so‘ng bir nechta yangilik agentliklari Hindiston nazoratidagi hududdagi hujumdan haqiqiy videotasvirlarni e’lon qildi.
G‘azo sektoriga berilgan zarbalar Hindistonning Pokistonga hujumi sifatida ko‘rsatildi
Tashvishlar ortib borar ekan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir video Hindiston tomonidan Pokistonning turli hududlariga raketa hujumi uyushtirilgani sifatida taqdim etildi.
Videodagi asosiy kadrlar ustida teskari rasm izlash o‘tkazilganda uning aslida 2023-yil oktabr oyiga tegishli ekanini aniqladi. Unda Hindiston emas, Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan zarbalari aks etgan edi.
BREAKING: India has carried out ballistic missile attacks on multiple sites in Pakistan.
A war between two nuclear powers has begun. #Pakistan pic.twitter.com/Mu6iRya2lk
— BAASIT (@basit0902) May 6, 2025
Hindiston Pokistondagi terrorchi obyektlarga hujum qilganini aytganidan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi taranglik keskin kuchaydi. Bu hujumlar Hindiston nazoratidagi Kashmirda sayyohlarga uyushtirilgan hujumga javob sifatida amalga oshirilgan. Pokiston bunga javoban Hindiston samolyotlarini urib tushirdi va bu hujumlarda oddiy fuqarolar, jumladan, bir bola halok bo‘lganini ta’kidladi.
Ikkala tomon ham chegarada og‘ir artilleriya otishmalarini amalga oshirdi, bu esa aholi orasida vahima va evakuatsiyalarga sabab bo‘ldi. Hindiston bu harbiy harakatni “Sindoor operatsiyasi” deb atadi va uning ramziy ahamiyatga ega ekanini bildirdi. Pokiston prezidenti esa bu hujumni “urush e’loni” deb baholadi.
Eskirgan surat Hindiston-Pokiston to‘qnashuvlari bilan noto‘g‘ri bog‘landi
Hindistonning Pokistonga bergan zarbasidan so‘ng, Pokiston hukumati Hindiston samolyotlarini urib tushirganini e’lon qildi. Shundan so‘ng, internetda yonayotgan qiruvchi samolyotning surati tarqaldi. Bu suratda yana bir Rafale samolyoti tunda urib tushirilgani da’vo qilingan.
Pakistan has shot down one more Rafale Indian jet pic.twitter.com/jiEX7O6ZhD
— grey (@thebilalverse) May 6, 2025
Biroq bu da’vo chalg‘ituvchi bo‘lib chiqdi, chunki surat 2024-yil sentabr oyida Rajastanda Hindiston harbiy-havo kuchlariga qarashli MiG-29 samolyoti halokatga uchragan paytda olingan edi.
NDTV xabariga ko‘ra, bu samolyot tungi mashg‘ulotlar vaqtida texnik nosozlik sababli qulab tushgan, uchuvchi katapult orqali qutulib qolgan, biroq samolyotni katta alangalar qamrab olgan edi.
Kompyuter o‘yini kadrlari Pokistonda urib tushirilgan samolyot sifatida noto‘g‘ri talqin qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan yana bir video Hindiston havo kuchlari “Sindoor operatsiyasi” davomida Pokiston qiruvchi samolyotini urib tushirgani aks etgan deb da’vo qilindi.
Biroq video tahlil qilinganda, u mashhur Arma 3 harbiy simulyatsion kompyuter o‘yinidan olinganini aniqladi. Bu o‘yin realizm darajasi yuqoriligi bilan tanilgan.
Bu yolg‘on da’vo Pokiston armiyasi 25 ta Hindiston droni Pokiston havo hududini buzganini aytib, ularni urib tushirganini e’lon qilganidan keyin tarqaldi. Mojaro kuchayib borayotgan bir paytda bu holat yuz berdi.
Ushbu dronlar Isroilda ishlab chiqarilgan Harop modellar ekani, ular Karachi va Lahor kabi asosiy shaharlarga hujum qilgani aytildi. Hujum natijasida bir nafar oddiy fuqaro halok bo‘ldi, to‘rt nafar Pokiston askari yaralandi. Pokiston armiyasi Hindistonni havo hududini takroriy buzganlikda ayblab, jiddiy oqibatlar bo‘lishi mumkinligini ogohlantirdi.
Pokistonning Hindistonga javob zarbalari
10-may kuni Pokiston armiyasi Hindiston tomonidan Islomobod yaqinidagi harbiy bazalar kabi muhim obyektlarga uyushtirilgan raketa hujumlariga javoban qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi. Bu haqda PTV — Pokiston davlat telekanali xabar berdi.
Natijada Pokiston havo hududi har qanday havo qatnovi uchun yopildi, deb xabar berdi CNN, Pokiston Aeroportlar Ma’muriyatiga (PAA) tayangan holda. Mahalliy vaqt bilan soat 3:15 da boshlangan yopilish shanba kuni tushlik vaqtigacha butun mamlakat bo‘yicha fuqarolik reyslariga taalluqli bo‘ladi.
