Feyk: «O‘zbekiston fuqarolari endi BAAga kiritilmayapti»
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim Telegram messenjeridagi kanallarda O‘zbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) kirishi taqiqlangan degan mazmundagi xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlarga javoban, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Tashqi ishlar vazirligining 2025 yil 1 may kuni e’lon qilgan rasmiy xabarga ko‘ra, BAA tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga kiritmaslik bo‘yicha hech qanday rasmiy taqiq mavjud emas. Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan asossiz xabarlarga ishonmaslikka va faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.
«O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan», deyiladi TIV xabarida.
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar — asossiz va noto‘g‘ri. Har qanday sayohat yoki viza masalalari bo‘yicha faqat rasmiy idoralar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga tayanish zarur.
