Fakt

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Toshkent markazida Tahoe’da 110 tezlikda harakatlandi

U bu holat aks etgan videoni Instagram sahifasida ko‘z-ko‘z qilgan. Video boshqa tarmoqlarda tarqalib ketgach, o‘chirib tashlangan. Shaharda tezlik cheklovi 60 km/soatni tashkil etadi.

Toshkent shahrida boks bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yo‘l harakati qoidalarini buzib, yuqori tezlikda harakatlandi. U buni videoga oldirib, Instagram sahifasiga joylashtirgan.

Keyinroq video o‘chirib yuborildi.

Mo‘ydinxo‘jayev videosida u shahar markazida 110 km/soat tezlikda harakatlanganini ko‘rish mumkin. Shaharda tezlik cheklovi esa 60 km/soatni tashkil qiladi.

MJtKga ko‘ra, sportchi belgilangan tezlikdan 50 km/soat tezroq yurgani uchun 3 mln 60 ming so‘m jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida boks bo‘yicha Parij Olimpiadasida oltin medal olgan. Bu uchun unga 200 ming AQSh dollari, Tahoe avtomobili va ikki qavatli kottej sovg‘a qilingan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.