Fakt

Fransiya IIV rahbariga vabo izlari bo‘lgan posilka yuborildi

Fransiya ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanenga tarkibida qora kukun bo‘lgan maktub yuborilgan bo‘lib, unda dastlabki sinovlar vabo tayoqchasining izlarini aniqlagan. Bu haqda 28 iyul, yakshanba kuni franceinfoso teleradiokompaniyasi manba va Dijon shahri prokuroriga tayanib xabar berdi. Posilka Fransiya sharqidagi Kot-d’Or departamentidagi pochta saralash markazida topilgan.

Posilkaning tarkibi keyingi tahlil qilish uchun Parijdagi Paster institutiga yuborildi, natijalar 29 iyul kuni kechqurun kutilmoqda. Shu bilan birga, Kot-d’Or prefekturasi bu «noto‘g‘ri ijobiy natija» bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Fransiya vaziriga yo‘llangan maktubda «irqiy haqoratlar» bor, deb yozadi France 3 telekanali. Dijon jinoyatchilik bilan kurashish bo‘limi ishni tergov qilmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 25 ta davlatida 250 ming nafarga yaqin kishi vabo bilan kasallangan. Ulardan 2 137 nafari vafot etgan. Aksariyat vabo o‘choqlari Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida ro‘yxatga olingan. Afg‘onistonda qariyb 18,7 ming kishi ushbu infeksiyani yuqtirgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.