Fakt

Bayden prezidentlik poygasini tark etdi

AQSh prezidenti Jo Bayden 21 iyul kuni prezidentlik poygasidan chiqayotganini e’lon qildi. Bu haqdagi xabar uning rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi.

«Sizning prezidentingiz sifatida xizmat qilish men uchun hayotimdagi eng katta sharaf bo‘ldi. Men qayta saylanish niyatida bo‘lgan bo‘lsam-da, nomzodimni qaytarib olish va butun e’tiborimni faqat prezidentlik muddatimning qolgan qismida o‘z vazifamni bajarishga qaratishim partiyam va mamlakatlarim manfaatlariga mos keladi, deb hisoblayman», — degan 81 yoshli Bayden amerikaliklarga murojaatida.

Shu tariqa, Bayden Lindon Jonsondan keyin ikkinchi muddatga saylanmasligini e’lon qilgan birinchi prezident bo‘ldi.

Jo Bayden 27 iyul kuni Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampga qarshi debatda muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan, shundan keyin Demokratik partiya vakillari Baydenni saylovoldi kampaniyasidan chiqishga unday boshlagandi.

Bundan avvalroq Amerikadagi qator nashrlar Jo Bayden 20-21 iyul kunlari poygadan chiqishi haqida rasman e’lon qilishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

Endi Demokratlar partiyasi noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovga yangi nomzod ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Nomzod sifatida vitse-prezident Kamala Xarris ko‘rsatilishi kutilmoqda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.