Fakt

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida tunnel topildimi?

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida noqonuniy yer osti yo‘li aniqlandi.

DXX xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari va «Toshkent-Aero» IBK harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Hindistondan Qozog‘iston orqali mamlakatimizga katta miqdordagi, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib kelish bilan shug‘ullangan transchegaraviy jinoiy guruh faoliyati fosh etilgan.

photo-2024-07-03-11-33-27
© Videodan kadr

Xususan, jinoiy guruh tomonidan navbatdagi dori vositalari «Dehli-Toshkent-Olmaota» aviayo‘nalishi orqali tranzit tarzda «Olmaota» xalqaro aeroportiga olib kelinib, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariyog‘och tumani «Do‘stlik» aholi yashash punktiga yetkazilgan va yashirin yerosti yo‘li orqali Toshkent viloyatining Toshkent tumani «O‘rikzor» MFY hududiga o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a’zolaridan jami 1 mlrd 94 mln 342 ming so‘mlik, Hindistonda ishlab chiqarilgan Albumin, Remdesivir, Meropenem kabi jami 107 nomdagi 17 048 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Qayd etilishicha, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning Toshkent tumani «O‘rikzor» MFYdagi uyini Qozog‘istonning Sariyog‘och tumani «Do‘stlik» aholi yashash punkti bilan bog‘lovchi yerosti yo‘lining uzunligi 310 metrni tashkil etadi. Yerosti yo‘li havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuklarni tashishga mo‘ljallangan aravalar va arqonlar bilan jihozlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.