Feyk

O‘zbekistonda Rossiya loyihasi asosida AES qurilishi boshlangani rad etildi

O‘zbekistonda Rossiya loyihasi asosida AES qurilishi boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zatom” agentligi buni rad etdi.

Agentligi matbuot kotibi Gulruxsor Ravshanovaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, AES qurilishi boshlangani haqidagi xabarlar yolg‘on.

“Loyiha qurilishi boshlanadigan bo‘lsa, bu haqda rasman e’lon qilamiz”, — deya ta’kidladi u.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida 27-may Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurishdagi hamkorlikka oid hukumatlararo bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangandi. Shu kuni “O‘zatom” agentligi huzuridagi “AES qurilishi direksiyasi” DUK va “Rosatom” tuzilmasidagi “Atomstroyeksport” AJ injiniring kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha shartnoma tuzildi.

Imzolangan kelishuvlarga asosan, Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi asosida 330 MW quvvatga ega (har biri 55 MW quvvatli 6 ta reaktordan iborat) AES quriladi. Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi bo‘ladi, O‘zbekiston kompaniyalari ham ishtirok etadi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.