Chuqurlikdagi kurash: tovush to‘lqini hujumlari suv osti data-markazlariga qarshi qurolga aylanishi mumkin
Florida universiteti va Yaponiyaning Elektron aloqa universiteti olimlari suv osti data-markazlarining faoliyatini jiddiy ravishda buzishi mumkin bo‘lgan tovush to‘lqinlariga nisbatan zaifligini aniqlashdi.
Suv osti data-markazlarining ko‘rsatilgan afzalliklaridan biri issiqlikni samarali tarqatish uchun atrofdagi suv muhitidan foydalanishdir, bu esa serverlar va boshqa uskunalarni sovitish uchun operatsion xarajatlarni kamaytiradi. Microsoft o‘zining Natick loyihasi doirasida suv osti ma’lumotlar markazlari bilan tajriba o‘tkazdi va Subsea Cloud tijorat xizmatini taklif qiladi. O‘tgan yilning oxirida Xitoy loyihasi ham ishlab chiqilayotgan edi.
Yaqinda nashr etilgan arXiv maqolasida tadqiqotchilar immersiv korpuslarga o‘rnatilgan qattiq disklarning (HDD) rezonans chastotasidagi tovush RAID saqlash tizimlarining o‘tkazuvchanligini pasaytirishi va hattoki ilovalarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkinligini batafsil bayon qiladi.

Bunday akustik zarbalar data-markazidan 6 metrgacha bo‘lgan masofada yetkazilishi mumkin. Olimlar nafaqat HDDli tizimlarga, shuningdek, SSD va HDD bilan gibrid platformalarga ta’sir qiladigan vaziyatlarni simulyatsiya qilishdi. Ular to‘g‘ri rezonans chastotasidagi tovush akustik bosimga mutanosib tebranish tarqalishi tufayli o‘qish-yozish golovkalari va disklarida tebranishlarni keltirib chiqarishini aniqladilar. Bu esa ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Seagate Exos 7E2 HDD va Intel D3-S4510 SSD bilan RAID 5 konfiguratsiyasidagi Supermicro serveridan foydalanib, tadqiqotchilar laboratoriyada va ochiq suvda metall konteynerlarda sinovlar o‘tkazdilar. Tovush zarbasi suv ostida kolonkalardan foydalanilib yaratildi. Drayvlar 2, 3,7, 5,1-5,3 va 8,9 kHz kabi turli chastotalarga ta’sir qilganda, 5,1-5,3 kHz tarmoqli kengligida «doimiy yomonlashuv» bilan RAID o‘tkazuvchanligi pasaydi. Bunday ta’sirdan atigi 2,4 daqiqa o‘tgach, ma’lumotlar bazasiga javob berish vaqti 92,7% ga sezilarli darajada oshdi va ba’zi qattiq disklar ishlamay qoldi.
Bunday hujumlarni amalga oshirish uchun hatto suv osti transport vositalariga ulangan maxsus jihozlangan modullardan foydalanish ham mumkin. Bundan tashqari, suv osti data-markazlari suv osti kemalarining kuchli sonar signallari kabi beixtiyor shovqinlariga duch kelishi mumkin.
Bunday tahdidlardan kelib chiqadigan xavflarni kamaytirish uchun tadqiqotchilar bir nechta himoya usullarini ko‘rib chiqdilar. Taklif etilgan usullardan biri tebranishlarni kamaytirish uchun tovushni yutuvchi materiallardan foydalanishdir, ammo bu serverlar uchun yuqori ish haroratiga olib keldi. Bundan tashqari, ma’lum bo‘lishicha, tajovuzkor ovoz balandligini oshirish orqali bu usulni ham aylanib o‘tishi mumkin.
