Axborot xavfsizligi

Telegram’dagi «davlat puli», «yutuq» va «bepul Premium» xabarlari: firibgarlar qanday aldaydi

Smartfon ekranidagi Telegram ilovasi
© Yuri Samoilov / Wikimedia Commons, CC BY 2.0

Telegram’da, ko‘pincha tanishlar nomidan, «davlat yordam puli», «tanlovda ovoz bering» yoki «sizga Premium sovg‘a qilindi» degan havolali xabarlar keladi. Ularning aksariyati akkaunt yoki bank kartasini qo‘lga kiritish uchun yuborilgan firibgarlik.

Xabarlar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Eng ko‘p uchraydigan variantlar: davlat har bir oilaga yordam puli ajratgani, so‘rovnoma yoki tanlovda ovoz berish iltimosi, Telegram Premium sovg‘asi, «Yangi yil sovg‘asi» yoki yetkazib berish xizmati nomidan «yuk xati». Har birida havola yoki fayl bo‘ladi.

Sxema qanday ishlaydi?

Havola haqiqiy tanlov sahifasiga o‘xshash saytga olib boradi. U yerda Telegram orqali kirish va telefonga kelgan kodni kiritish so‘raladi. Kodni olgan firibgarlar akkauntga kirib, egasi nomidan uning qarindosh va tanishlariga yozadi va zudlik bilan pul o‘tkazishni so‘raydi. Shu sababli xabar tanish odamdan kelgani uning xavfsizligini anglatmaydi — uning akkaunti allaqachon buzib kirilgan bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi keng tarqalgan usul — .apk fayllar. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, Telegram orqali kelgan bunday fayllarni ochish oqibatida bank kartalaridan pul yechib olish va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash holatlari keskin ko‘paygan.

O‘zingizni qanday himoya qilasiz?

  1. Telegram’dan kelgan kodni hech kimga bermang va hech qaysi saytga kiritmang.
  2. Notanish havolalarni bosmang, .apk fayllarni o‘rnatmang.
  3. «Pul» yoki «yutuq» haqidagi xabarni tashkilotning rasmiy sayti yoki kanalidan tekshiring.
  4. Sozlamalar → Maxfiylik va xavfsizlik → Ikki bosqichli tekshiruvni yoqing.
  5. Tanishingiz to‘satdan pul so‘rasa, unga qo‘ng‘iroq qilib aniqlang.
  6. Shubhali havola yoki faylni Kiberxavfsizlik markazining @cybershielduz_bot boti orqali tekshirish mumkin.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.