Axborot xavfsizligi

Sun’iy intellekt yordamida pornofilm yaratgan AQSH fuqarosi 70 yilga qamalishi mumkin

Viskonsin shtatida yashovchi 42 yoshli Stiven Andereg generativ sun’iy intellekt yordamida bolalar jinsiy zo‘ravonlik materiallarini (CSAM (Child Sex Abuse Material)) yaratgani, tarqatgani va egalik qilgani uchun hibsga olindi.

Andereg voyaga yetmaganlar ishtirokidagi shahvoniy tasvirlarni yaratish uchun mashhur Stable Diffusion matn-grafik modelidan foydalangan.

«Ushbu tasvirlarning aksariyatida yalang‘och yoki qisman kiyingan voyaga yetmaganlarning jinsiy a’zolari odobsiz ravishda ko‘rsatilgan», deyiladi AQSh Adliya vazirligi bayonotida.

Anderegning qurilmalaridan to‘plangan dalillar shuni ko‘rsatadiki, u jinsiy aloqaga oid bo‘lgan matnli xabarlardan foydalanib, balog‘atga yetmagan bolalarning shahvoniy tasvirlarini yaratgan.

Andereg, shuningdek, 15 yoshli bolakay bilan aloqada bo‘lib, unga Instagram orqali shahvoniy materiallar yuborgan. Erkak, shuningdek, o‘smirga CSAMni qanday yaratganini va qanday matnli maslahatlardan foydalanganini tushuntirib bergan.

Andereg haqida ushbu tasvirlarni tarqatganidan keyin Instagram «Yo‘qolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalar Milliy markazi»ga (NCMEC) akkaunt haqida xabar berganidan keyin aniqlangan.

“Viskonsinning G‘arbiy okrugidagi federal hakamlar hay’ati 15-may kuni Anderegni shahvoniy xatti-harakatlarni sodir etgan voyaga yetmaganlarning odobsiz vizual tasvirlarini yaratish, tarqatish va saqlash hamda ularni 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsga uzatishda ayblov xulosasini chiqardi.”

Agar aybdor deb topilsa, Andereg eng ko‘pi bilan 70 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi, bunda majburiy ravishda besh yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

«Texnologiya o‘zgarishi mumkin, ammo bizning bolalarni himoya qilish bo‘yicha majburiyatimiz o‘zgarishsiz qoladi», dedi Bosh prokuror o‘rinbosari Liza Monako.

“Adliya departamenti qanday yaratilganidan qat’i nazar, bolalar jinsiy zo‘ravonligi to‘g‘risidagi materiallarni (CSAM) ishlab chiqargan va tarqatganlarni agressiv javobgarlikka tortadi. Oddiy qilib aytganda, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan CSAM hali ham CSAM bo‘lib qolmoqda va biz sun’iy intellektdan bolalarning odobsiz, zo‘ravonlik va fotorealistik tasvirlarni yaratish uchun foydalanadiganlarni javobgarlikka tortamiz”, – deya xulosa qildi Monako.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.