Eron prezidenti Ibrohim Raisi vertolyot halokatida vafot etdi
Eronlik qutqaruvchilarning xabar berishicha, prezident Ibrohim Raisi va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan bo‘lgan vertolyot halokatidan hech kim omon qolmagan.
Raisi va vertolyotda bo‘lganlarning o‘limini, Eronning Mehr agentligi va ismini oshkor etmagan Eron rasmiysi Reuters bilan suhbatda tasdiqlagan.
Avvalroq Eron Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari Pirhusayn Kolivand davlat televideniyesi orqali qutqaruvchilar halokat joyida hayot belgilarini topmaganini ma’lum qilgandi.
Vertolyotning yo‘lovchilari Eron prezidenti Ibrohim Raisi, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan, Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmetiy va Tabriz viloyati oyatullohi Ali Hoshim bo‘lgan.
Vertolyot yakshanba kuni Eron shimoli-g‘arbiy qismidagi tog‘larda, Ozarbayjon va Turkiya bilan chegaraga yaqin joyda qulagan.
Raisi Eronning Ozarbayjon bilan chegaradosh Sharqiy Ozarbayjon viloyatidan qaytayotgan edi, u Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan chegaradagi Araks daryosidagi to‘g‘onni ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.
