Google pornografik deepfake reklamalarga nisbatan siyosatni kuchaytiradi
Yangilanish kompaniyaning jinsiy mazmundagi reklamalarga nisbatan mavjud cheklovlariga yanayam aniqlik kiritadi. “Jinsiy mazmundagi yoki yalang‘ochlikni o‘z ichiga olgan holda o‘zgartirilgan yoki yaratilgan sintetik kontent”ni targ‘ib qilish Google siyosatini buzgan hisoblanadi.
Deepfake pornografiyasini yaratish uchun saytlar yoki ilovalarni targ‘ib qiluvchi, shuningdek, bunday kontentni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradigan yoki uni yaratish uchun turli deepfake xizmatlarini solishtiradigan reklama beruvchilarning reklamalari darhol ogohlantirishsiz to‘xtatiladi. Shuningdek, ular o‘z reklamalarini Google’da e’lon qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lishadi.
Kompaniya reklama beruvchilarga qoida joriy etilishidan oldin vaqt beradi, shunda ular yangi siyosatni buzadigan har qanday reklamalarni olib tashlashlari mumkin. 404 Media ma’lumotlariga ko‘ra, deepfake texnologiyalarining tez o‘sishi bunday materiallarni yaratmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilarga qaratilgan reklamalar sonining ko‘payishiga olib keldi.
Sun’iy intellekt muqarrar ravishda rivojlanmoqda va texnologiya kompaniyalari odamlarning huquqlari va qadr-qimmatiga zarar yetkazish uchun yangi imkoniyatlarni suiiste’mol qilishni cheklash uchun axloqiy qarorlar qabul qilishga majbur.
Deepfake yordamida yaratilgan pornografik kontentni reklama qilishni taqiqlash Google tomonidan raqamli muhitning axloqiy xususiyatlarini himoya qilishda mas’uliyatli qadamdir. Biroq, bu sun’iy intellektning jadal rivojlanishi davrida ijodiy erkinlik va inson qadr-qimmatini hurmat qilish zarurati o‘rtasida oqilona muvozanatni o‘rnatish yo‘lidagi uzoq yo‘lning boshlanishi, xolos.
