Fakt

Rossiya Belgorod viloyatida harbiy aerodrom qurmoqda

Mustaqil matbuot xabariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari Belgorod viloyatida yangi harbiy aerodrom qurishni boshlagan.

29 aprel, dushanba kuni media-kompaniyalar Alekseyevka shahridan 9 km g‘arbda va Rossiya Federatsiyasi keng ko‘lamli urushni davom ettirayotgan Ukraina bilan chegaradan 75 km uzoqlikda joylashgan qurilish maydonining sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini e’lon qildi.

Xabarlarda aytilishicha, aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi taxminan 1800 m bo‘lishi mumkin, bu Il-76 harbiy-transport samolyotlarini qabul qilish va jo‘natish imkonini beradi.

Shu tariqa jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ma’lumotni tasdiqladi. Mustaqil matbuot RedIntelPanda OSINT-akkaunti ma’lumotlariga asoslangan, u shu kuni X’da Belgorod viloyatida harbiy logistika markazi qurilishi haqida yozgan edi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil iyul oyida bu yerga yo‘l qurilgan va qish boshlanishiga qadar uchish-qo‘nish yo‘lagining sxemasi deyarli yakunlangan, aprel oyida esa yo‘l qoplamasi yotqizilgan.

Matbuot xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining muhim logistika markazi Belgorod viloyatidagi Alekseyevkada joylashgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.