Fakt

Durov Telegram “oʻn minglab” teraktlarga chaqiriqlarni bloklaganini maʼlum qildi

Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov oʻz kanalida bir necha kun ichida “oʻn minglab” teraktlarga chaqiriqlar tozalanganini maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, bunday chaqiriqlarni tarqatgan minglab foydalanuvchilar bloklangan.

“4 kun avval rusiyzabon Telegram foydalanuvchilari notanish shaxslar teraktlarga undovchi xabar yuborayotganidan shikoyat qila boshladilar. Biz bunday xabarlarni tarqalishini oldini olish uchun qator texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni qoʻlladik”, deydi Durov.

Uning aytishicha, kelasi haftadan Rossiya, Ukraina va Belarusiyalik foydalanuvchilar ularga shaxsiy xabarlar yuborishi mumkin boʻlganlar doirasini cheklashi mumkin boʻladi.

Avvalroq Rossiya OAVlari Krokus Siti Xoll konsert zalidagi teraktdan soʻng rossiyaliklarga teraktlarga undovchi takliflar yuborila boshlanganini xabar bergan edi. Baza nashrining taʼkidlashicha, bunday mujdalarni bolalar ham olgan.

28-mart kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov messenjer “borgan sari terrorchilar qoʻlidagi vositaga aylanib borayotganini” taʼkidlagan edi. “Biz Pavel Durovdan bu mavzuga koʻproq eʼtibor berishini kutib qolamiz”, dedi u.

Mart oyining boshida Pavel Durov 7-yil ichida jurnalistlarga birinchi intervyu bergan. Unda u Telegram birjaga qoʻyilishini deyarli oshkor qilgandi. Durovning aytishicha, messenjer 30 milliard dollarga baholangan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.