Feyk

Tolimarjon IESda yong‘in yuz bergani rad etildi

Qashqadaryo viloyatidagi Tolimarjon Issiqlik elektr stansiyasida (IES) yong‘in yuz bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, stansiyada tabiiy gazdan foydalaniladi. Bu esa bug‘-gaz qurilmalariga yoqilg‘i yetkazib beruvchi quvurlardagi filtrlarda chang o‘tirib qolishiga olib keladi. Aynan changlarning bir-biriga ishqalanishi oqibatida alangalanish yuzaga kelgan. Bu holat yong‘in sifatida noto‘g‘ri talqin etilgan.

Ta’kidlanishicha, alangalanish oqibatida hech kim jabrlanmagan va filtrlarni tozalash, texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Texnik xizmat ko‘rsatish ishlari yakunlangach, bug‘-gaz qurilmasi qayta ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.