Fakt

Uill Smit va uning rafiqasi shov-shuvli tarsaki tufayli xayriya fondini yopmoqda

Amerikalik aktyor Uill Smit va uning rafiqasi Jada Pinkett Smit oʻzlarining oilaviy xayriya jamgʻarmasi — Uill va Jada Smitlar oilasi fondini (Will and Jada Smith Family Foundation) yopmoqda.

Variety maʼlumotlariga koʻra, tashkilotning yopilishiga sahnadagi tarsaki asosiy sabab boʻlgan. Komik aktyor Kris Rokning yuziga tarsaki tushirgandan soʻng, Smitning karyerasi izdan chiqdi va bir nechta muhim investorlar fondni tark etishdi. 2021-yilda uning daromadi 2,1 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda u 365 mingni tashkil etgan. Pasayish davriga kelib, tashkilotda birorta ham xodim qolmagan.

Nashr manbasining aniqlik kiritishicha, Uill va Jada faoliyatning boshqa sohalariga eʼtibor qaratish maqsadida 1996-yilda tashkil etilgan jamgʻarmani yopmoqda. Er-xotin avvalgiday fonddan tashqarida xayriya ishlari bilan shugʻullanishda davom etadilar.

Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan 94-Oskar mukofotini topshirish marosimida uning boshlovchisi Kris Rok Uill Smitning alopetsiyadan aziyat chekayotgan (surunkali soch toʻkilishiga olib keladigan kasallik) rafiqasi Jada Pinkett Smitning soch turmagi haqida hazil qildi.

Sahnadan Rok bunday soch turmagi bilan Jadaning “Askar Jeyn 2” filmida rol oʻynashi mumkinligini aytdi. Bu asl filmda bosh rolni oʻynagan Demi Mur sochlarini deyarli kalga olganiga ishora edi.

Rok oʻz hazilini tugatmasidan, Smit sahnaga chiqdi va uning yuziga tarsaki tushirdi. Oʻz joyiga qaytib, xotinining ismini yana tilga olmasligini juda qoʻpol tarzda aytib baqirdi. Kris Rok vaziyatni hazilga yoʻyishga urinib, u va Smit ushbu marosimni haqiqiy reyting bilan taʼminlaganini aytdi.

Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda janjal sahnalashtirilgan, yaʼni koʻrsatuvga qiziqishni oshirish uchun tashkilotchilar tomonidan oʻylab topilgan degan taxminlar tarqala boshladi. Biroq, Smit Rokning yuziga zarbasi nayrangga oʻxshamasdi va jonli efirdagi haqoratli soʻzlar Oskar konvensiyasiga zid.

Keyinchalik Uill Smit Rokdan kechirim soʻradi va uning harakatlarini nomaqbul va kechirib boʻlmas deb atadi.

“Men sizdan uzr soʻrayman, Kris. Men belgilangan chegaradan oshib ketdim va xato qildim”, dedi Smit Instagramda eʼlon qilingan rasmiy bayonotida.

U oʻz xatti-harakatini “rafiqasining kasalligi haqidagi hazilga chiday olmagani sabab emotsional munosabatda boʻlgani” bilan izohlagan. Uzr soʻragach, Smit “sevgi va mehr olamida zoʻravonlikka oʻrin yoʻq”, deya qoʻshimcha qildi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.