Fakt

“Krokus” teraktida gumonlanuvchilar qamoqqa olindi. Ular aybiga toʻliq iqror boʻlgan

“Krokus Siti Holl”da terakt sodir etishda gumonlanuvchi toʻrt shaxs ikki oy muddatga hibsga olindi, ularga uyushgan guruh tarkibida terakt sodir etish boʻyicha ayblov qoʻyildi. Moskva Basman sudi ular aybiga toʻliq iqror boʻlganini maʼlum qilgan. Toʻrt ayblanuvchida ham qiynoq izlari bor, ularning birining boshi bogʻlangan, yana biri sudga kolyaskada keltirilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Dalerjon Mirzoyev, Murodali Rajabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Fariduni Shamsiddin tergov soʻroviga koʻra 22-mayga qadar hibsga olindi.

Ularning barchasi uyushgan guruh tarkibida odamlar oʻlimiga olib keluvchi terakt sodir etishda ayblangan.

Tergov versiyasiga koʻra, ularning barchasi 130 dan ortiq kishi halok boʻlgan “Krokus Siti Holl”ga hujumda bevosita ishtirok etgan.

“Krokus Siti Holl”dagi terakt ishi boʻyicha ilk ayblanuvchi Dalerjon Mirzoyev sudda yuzidagi koʻkarishlar bilan paydo boʻldi.

i-Co-EZjkcu3klauvyl5f-JGnr11-OMSOXBS

Unga berilgan ilk savollardan keyin tergovchi sudyadan jarayonni matbuot uchun yopiq tarzda oʻtkazishni soʻradi va sudya Yelena Lenskaya rozilik bildirdi, deb xabar beradi “Mediazona”.

Tergovchi ochiq sud majlisi “tergov sirlari ochiqlanishiga olib kelishi”, shuningdek “jarayon ishtirokchilari hamda ularning qarindoshlari xavfsizligini tahdid ostida qoldirishi” mumkinligini aytgan.

Bungacha, “Mediazona” xabariga koʻra, sudya tarjimon orqali Dalerjon Mirzoyevdan undan nima soʻralayotganini qanchalik tushunayotganini soʻragan, u esa bunga qisqacha javob qaytarib, oʻzini tojik tilida tanishtirgan.

“Mediazona” sud zalidan xabar berishicha, Mirzoyevning rafiqasi va toʻrt nafar farzandi bor, uning Novosibirskda uch oylik roʻyxatga olish muddati tugagan.

Ikkinchi ayblanuvchi, Saidakrami Murodali Rajabalizoda, zalga boshi bogʻlangan holatda keltirildi. Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlarda biroz avvalroq “Krokus”ga hujum ishtirokchilarining qoʻlga olinishi va dastlabki soʻroq qilinishi jarayoni aks etgan videoyozuvlar tarqalgan, ulardan birida Rajabalizodaning bir qulogʻi kesib olinib, ogʻziga tiqilgani aks etgandi.

l6-Ebp-ZZR6b-OFXJvza-GAMGo7ie-ZUbf-Yzs

Bu sud majlisini Basman sudi sudyasi Timur Vaxrameyev olib bordi. U ham gumonlanuvchilar bilan tanishuvdan keyin jarayonni matbuot uchun yopiq shaklga oʻtkazgan.

Murodali ham tarjimon orqali tojik tilida javob qaytargan. U 30 yoshda ekani, rafiqasi, farzandi borligi, Rossiyada roʻyxatdan oʻtgani, ammo qayerdaligini — eslay olmasligini aytgan.

Fariduni Shamsiddinga ham ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish boʻyicha ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Rossiya agentliklari xabariga koʻra, 19 yoshli Fayzov sudga shifokorlar hamrohligida katalkada olib kelingan (fotosuratlarga qaraganda, bu yigʻiluvchi kolyaska) va gapira olmaydigan holatda boʻlgan. Uning bir koʻzi oʻyib olingan.

“Krokus Siti Holl”ga hujum qilishda gumonlanayotgan toʻrt kishi konset zalini tark etgan, ammo oʻsha tundayoq Bryansk oblastida qoʻlga olingan: FXX bu haqda 23-mart tongida xabar berdi.

Rossiyadagi telegram-kanallarda barcha gumonlanuvchilarning qoʻlga olinish jarayoni aks etgan videoyozuvlar tarqalgan.

Z-blogerlar tomonidan tarqatilgan videolardan birida Fariduni Shamsiddin qotillikni “pul uchun” sodir etganiga iqror boʻlayotgani aks etgan: oʻzining aytishicha, bu ish uchun unga yarim million rubl vaʼda qilingan. Soʻroq videosi RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan tomonidan tarqatilgan. Tarmoqda dastlabki video olinishidan oldin unga savollarga qanday javob berishi lozimligi oʻrgatilayotgani koʻringan boshqa video ham tarqalgan.

Terakt boʻyicha jami 11 kishi qoʻlga olingani maʼlum.

Sd1-UIdkxgx6-K2-8ha1-Fwz-Aqlj-BPujz-I8

Hujum qurbonlari soni 137 nafarga yetgan: yonib ketgan bino hududida yangi jasadlar chiqqan.

FXX versiyasiga koʻra, jangarilar “mashinada Rossiya-Ukraina chegarasi tomon harakatlangan holda” yashirinishga uringan. Bu haqda Putin ham “Krokus”dagi hodisa yuzasidan rossiyaliklarga qilgan murojaatida aytib oʻtgan: 23-mart kuni u ular uchun Ukraina tomonida chegaradan oʻtish uchun “tuynuk” tayyorlanganini aytgan. Shu bilan birga, Rossiya tomonining rasmiy versiyalarida buning ortida kim turgani haqida keltirilmagan. Belarusning Moskvadagi elchisi esa terrorchilar Belarus chegarasi orqali chiqib ketmoqchi boʻlgani maʼlum qilgandi. Ukraina konsert zaldagi ommaviy qotillikka aloqadorligi toʻgʻrisidagi har qanday ayblovni qatʼiyan rad etmoqda.

Hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga olgan. Unga aloqador ekani aytilgan kanallardan birida hujum qiluvchilarning biri tomonidan konsert zalda olingan video tarqatilgan.

FXX tomonidan olingan qoʻlga olish videolaridagi va IShID resurslari tarqatgan videodagi kiyimlardagi detallar bir-biriga mos keladi. IShID eʼlon qilgan rolikda odamlarning yuzi berkitilgan, ammo “Vajniye istorii” jurnalistlari ularni kiyimlari orqali tanish mumkinligini aytishgan.

Masalan, hujum qilganlardan birining futbolkasida TRAVEFS yozuvi bor va bunday yozuvni gumonlanuvchilardan birining ushlanishi chogʻidagi yozuvda ham koʻrish mumkin. Bunday futbolkalar bozorda sotilsa-da, xuddi shunday logotiplisini topib, ayb boʻyniga qoʻyilayotgan shaxsga kiydirib qoʻyish qiyin boʻlardi, deb qayd etadi jurnalistlar. Qoʻlga olish videosi esa terrorchilik tashkiloti roligidan bir kun oldin paydo boʻlgandi.

Tqej-Gi3shj-Ei-Hx0-Dq-Z4z-Ex7-ZNqc80tsp

Bu FXX tomondan soxtakorlik qilinganini istisno etadi, deb hisoblaydi “Vajniye istorii”: avvaliga ayrim sharhlovchilar maxsus xizmatlar haqiqiy terrorchilarni ushlaganiga shubha qilayotgandi.

Wall Street Journal ekspertlardan IShID Rossiyaga nega hujum qilishi mumkinligi haqida soʻragan. “AQSh va demokratik dunyoning avtoritar derjavalar — Rossiya, Eron va Xitoy bilan kurashi — Ukraina va Gʻazodagi urush fonida kuchaydi. Ammo IShID uchun ularning barchasi — musulmon dini dushmani va ularning barchasi yakson etilishi kerak”, — deb yozgan nashr maqolasida. Nashr suhbatlashgan ekspertlar sodir boʻlgan hodisa IShIDning harakatlariga mos keladi, degan fikrda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.