Feyk

Shohona feyk: Qirol Charlz III vafot etdi

Axborot texnologiyalari davrida feyk yangiliklar shiddat bilan tarqaladi, jamoatchilik fikriga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi va baʼzan jiddiy oqibatlarga olib keladi. «Exo Uzbekistana» Telegram kanali orqali tarqatilgan qirol Charlz III ning o‘limi haqidagi xabar ana shunday dezinformatsiyaning so‘nggi misollaridan biri bo‘ldi.

1

Xabarda go‘yoki Bukingem saroyi Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III vafot etganini eʼlon qilgani aytiladi.

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III vafot etdi, deb xabar bermoqda Bukingem saroyi. Yelizaveta II ning o‘g‘li taxtga bir yildan kamroq vaqt oldin o‘tirdi – toj kiyish marosimi 2023 yil 6 mayda bo‘lib o‘tdi. U 75 yoshda edi – deyiladi xabarda.

Ushbu feyk xabar ijtimoiy tarmoqlar va boshqa onlayn platformalarda shiddat bilan tarqalib, yuzlab foydalanuvchilar tomonidan ko‘rildi.

GIk-Rde8-WQAAd-YAq
© Twitter / The Royal Family

Ushbu feyk xabar tufayli yuzaga kelgan hissiy reaksiyaga qaramay, Qirol Charlz III tirik. U ayni paytda saraton bilan kurashmoqda. 5-fevral kuni Charlz III saraton kasalligiga chalingani ma’lum bo‘ldi. Bakinghem saroyiga ko‘ra, kasallik 75 yoshli monarxda prostata bezining kengayishi bilan bog‘liq davolash muolajalari paytida aniqlangan. Charlz III mish-mishlarning oldini olish uchun o‘z tashxisini omma bilan baham ko‘rishga qaror qilgan. Shundan so‘ng, qirol o‘z vakolatlarini bajarishda davom etishi, ammo jamoatchilik bilan aloqalari to‘xtatilishi haqida xabar berilgan edi.

13-mart kuni Qirollik oilasining Twitter sahifasida joylashtirilgan xabarga ko‘ra, Qirol Chalrz III Shotladiya baronessasi bilan uchrashgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.