Fakt

Qazaq Air O‘zbekistonga parvozlarni boshladi

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsat berildi, deb xabar qildi agentlik matbuot xizmati.

Ruxsatnoma 13-mart kuni berilgan. Aviatashuvchi Turkiston — Samarqand — Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha DHC-8−402 samolyotida parvozlarni amalga oshiradi.

Aviakompaniya fevral oyi oxirida shaharlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish rejasini e’lon qilgan. 15-martdan boshlab parvozlar haftasiga ikki marta — har juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Turkistondan uchish — 20:20, Samarqandga qo‘nish — 21:20;
  • Samarqanddan uchish — 22:10, Turkistonga qo‘nish — 23:10.

Bir tomonga chipta narxi 25 ming tengedan boshlanadi (Markaziy bankning 16-martdagi kursi bo‘yicha 706 ming so‘m).

Qazaq Air mintaqalararo aviakompaniya bo‘lib, 2018-yilda tashkil etilgan. U “Samruk-Kazыna” milliy jamg‘armasiga tegishli, kompaniya xabi Ostona aeroportida joylashgan. Asosan Qozog‘iston va Rossiya shaharlari o‘rtasida qatnovlar amalga oshiradi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.