Feyk

“RIA Novosti” Rossiya Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermaganini ma’lum qildi. Ammo Putin buni shaxsan tan olgan edi

“RIA Novosti” Xalqaro jinoiy sud tomonidan rossiyalik harbiy yetakchilar Sergey Kobilash va Viktor Sokolovni Ukraina energetika infratuzilmasiga raketa hujumlarida ayblanib hibsga olish orderi chiqarilishiga izoh berar ekan, shunday xabar tarqatdi:

“Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bir necha bor taʼkidlaganidek, Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlari bilan janglarda turar-joy binolari yoki ijtimoiy infratuzilmaga hujum qilmaydi”.

Ammo Vladimir Putin bu borada boshqacha fikrda. 2022-yil 8-dekabrda Rossiya Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvda u shunday dedi:

“Hozir qoʻshni davlatning energetika infratuzilmasiga qilgan hujumlarimiz haqida koʻp shov-shuv koʻtarilmoqda. Ha, biz shunday qilyapmiz. Lekin kim boshladi? Qrim koʻprigini kim buzdi? Kursk atom elektr stansiyasidan elektr uzatish liniyalarini kim portlatdi? Donetskga suvni kim yopdi? Million aholisi bor shaharga suv bermaslik genotsiddir. Hech kim bu haqda umuman bir ogʻiz soʻz aytmadi. Biz harakat qilsak, javoban biror narsa qilsak, butun koinot boʻylab shov-shuv qilishadi. Lekin, bu bizning jangovar topshiriqlarni bajarishimizga xalaqit bermaydi”.

Turar-joy binolari va boshqa fuqarolik obyektlariga qilingan hujumlarga kelsak, quyida bir nechta fotosuratlar mavjud.

1
© Turar-joy binosi. Borodyanka, Kiev viloyati, 2022-yil mart
3
© Turar-joy binolari, Odessa, 2023-yil iyul
4
© Teatr, Mariupol, 2022-yil mart
5
© Tug’ruqxona, Mariupol, 2022-yil mart
file-0b52db5832b2ab14d72d5973b5eaf210
© Savdo markazi, Vinnitsa, 2022-yil iyul
6
© Turar-joy binosi, Xarkov, 2024-yil yanvar

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.