Britaniya O‘zbekistonda data-markaz tashkil etishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston elchixonasida Britaniyaning Lapwing kompaniyasi rahbari Dermot Mayyers bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Dunyo” xabariga koʻra, tomonlar Oʻzbekistonda data-markaz tashkil etish boʻyicha sarmoyaviy loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qildi.
Dermos Moyyersning aytishicha, britaniya tomoni Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligidan kelib chiqib, ushbu gʻoyani Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan respublikada amalga oshirishga qaror qilgan.
Britaniyalik hamkorlar data-markazni Toshkent yoki Sirdaryo viloyatida BAAning Gulf Data Hub kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etish imkoniyatlarini oʻrganmoqda.
Oʻzbekiston hududida data-markaz tashkil etilsa, tijorat banklari, TMK va AKT kompaniyalari uchun “bulutli zaxirada” maʻlumotlarni saqlash imkoniyati paydo boʻladi.
