Qirgʻiziston prezidenti Toʻqtogʻul omboridagi suv sotilgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Qirgʻizistonliklar Toʻqtogʻul suv omborida suv sathining pasayib ketganligini “suv sotilayotgani» bilan bogʻlayotgan edi.
Prezident Sadir Japarov mamlakatni elektr energiyasi bilan taʼminlayotgan Toʻqtogʻul suv omboridagi “suvni sotish imkonsizligini” bildirdi.
“Kabar” axborot agentligining jurnalisti Toʻqtogʻul suv omborida suv sathining pasayib ketganligini odamlar “suv sotilayotgani» bilan bogʻlayotganini aytgan. Sadir Japarov buning ilojisi yoʻqligini bildirgan.
“Fikrimcha, bu populistlar tomonidan energetika xodimlariga nisbatan yangrayotgan oddiy tuhmatdir. U yerda onlayn kameralar oʻrnatilgan. Hammasi bevosita nazorat qilinmoqda», degan prezident.
Japarovning qoʻshimcha qilishicha, agar kimdir suv omboridagi suvni haqiqatdan sotayotgan boʻlsa, ular “qattiq jazolanadi”.
Avvalroq Qirgʻizistonda ikki GES taʼmirtalab boʻlgani uchun elektr energiyaga cheklovlar joriy etilgan edi. QMET maʼlumotlariga koʻra, Toʻqtoʻgʻul va Uch-Qoʻrgʻon gidroelektr stansiyalaridagi rekonstruksiya ishlari deb cheklovlar 5-martdan kiritilmoqda va ayniqsa yuklama eng ogʻir boʻlgan soatlarda tatbiq etiladi.
