Fakt

AQSH Qirgʻiziston fuqarolari uchun turistik vizalar muddatini 5 yildan 10 yilga uzaytirdi

Bu faqat sayyohlik va ishbilarmonlik maqsadlari uchun beriladigan vizalarga, yaʼni B1, B2 va B1/B2 turiga taalluqlidir.

4-martdan boshlab Qirgʻiziston fuqarolari uchun berilayotgan AQSH vizasining muddati 5 yildan 10 yilgacha uzaytiriladi. Bu faqat sayyohlik va ishbilarmonlik maqsadlari uchun beriladigan vizalarga, yaʼni B1, B2 va B1/B2 turiga taalluqlidir.

Shuningdek, AQSHning Qirgʻizistondagi elchixonasi maʼlum qilishicha, viza olish uchun toʻlanadigan 20 dollarlik yigʻim bekor qilinmoqda.

Elchixonaning taʼkidlashicha, bu qoidalar faqat 4-martdan keyin beriladigan vizalar uchun amal qiladi.

Qirgʻiziston hukumati anchadan beri AQSH hukumati bilan fuqarolarga viza berish tartibini osonlashtirish hamda viza muddatini 10 yilgacha uzaytirish borasida muzokaralar olib borayotgan edi.

Qirgʻiziston TIV 2022-yilning sentyabr oyida Qirgʻizistonning AQSHdagi elchisi AQSH Davlat kotibining Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari Brayan Stimmler bilan AQSH vizalarini berishni osonlashtirishni va viza muddatini 5 yildan 10 yilgacha uzaytirishni muhokama qilganini bildirgan edi. Elchi, shuningdek, AQSHda oʻqiyotgan talabalarga viza berishni soddalashtirishni ham soʻragan.

Keyinroq AQSHning Qirgʻizistondagi elchixonasi viza olish uchun kutish vaqtini qisqartirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini maʼlum qilgan edi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.