Rossiyada Vikipediya bloklanishi mumkin
1-mart kuni Rossiyada “blokirovkani aylanib oʻtishni targʻib etish yoki reklama qilishga” taqiq kuchga kirdi.
Rossiyada, VPN targʻib etishni taqiqlovchi yangi qonunga muvofiq, Vikipediya bloklanishi mumkin. Bu haqda Davlat Dumasining Axborot siyosati va axborot texnologiyalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Anton Gorelkin maʼlum qildi.
Uning aytishicha, Vikipediyaning VPN xizmatlari haqidagi maqolasida VPN targʻib etishning barcha alomatlari mavjud. Gorelkin ushbu ensiklopediyani bloklash uchun yetarli boshqa sabablari ham borligini aytgan.
“Roskomnadzorning Vikipediyana nisbatan qator eʼtirozlari bor, ularning baʼzi birlari boʻyicha tegishli sud qarori ham chiqarilgan. Vikipediyani blokirovka qilish uchun qonuniy asoslar yetarli: buni foydalanuvchilarga jiddiy noqulaylik tugʻdirmasdan qilish qoldi”, deb yozadi deputat.
1-mart kuni Rossiyada “blokirovkani aylanib oʻtish yoʻlini targʻib etish yoki reklama qilishga” taqiq kuchga kirdi. Roskomnadzor nafaqat VPN’larni oʻrnatish boʻyicha koʻrsatmalarni, balki bunday vositalardan foydalanishga chaqiriqlarni ham bloklash huquqiga ega. Biroq Rossiyada VPNdan foydalanishga taqiq yoʻq, undan foydalanishga jazo ham koʻzda tutilmagan, deb yozadi “Novaya gazeta Yevropa”.
Roskomnadzor soʻnggi yillarda milliondan ortiq veb-saytlar, jumladan, Feysbuk, Instagram va Tvitter kabi ijtimoiy tarmoqlarni bloklangan.
