Fakt

43 davlat Aleksey Navalniy oʻlimi yuzasidan mustaqil tergovni talab qilmoqda

Bundan tashqari Moskvadan zudlikda va hech qanday shartlarsiz siyosiy mahbuslarni va mahkumlarni ozod etish talab qilingan.

43 davlat Aleksey Navalniy oʻlimi yuzasidan mustaqil tergovni talab qilmoqda.

Muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy qamoqxonada vafot etgani toʻgʻrisida Rossiya rasmiylari 16-fevralda bildirgan edi. Rasman uning oʻlimiga tromb uzilishi sabab boʻlgani aytilgan. Biroq Navalniy safdoshlari uning oʻldirilganini iddao qilib kelmoqda.

Aleksey Navalniy oʻlimi yuzasidan mustaqil tergov oʻtkazish talabini 43 davlat nomidan Yevropa Ittifoqining BMTdagi delegatsiyasi rahbari Lotte Knudsen maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, bu davlatlar Navalniyning oʻlimi uchun “jinoiy va siyosiy javobgarlik” alaloqibat shaxsan prezident Vladimir Putin zimmasida deb hisoblaydilar.

Bundan tashqari Moskvadan zudlikda va hech qanday shartlarsiz siyosiy mahbuslarni va mahkumlarni ozod etish talab qilingan.

Xalqaro tergovni talab qilib barcha YEI davlatlari, AQSH, Buyuk Britaniya, Ukraina, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Norvegiya imzo chekkan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.