Fakt

Fakt: 2023-yilda AQSh chegarasini 50 ming markaziy osiyolik noqonuniy kesib o‘tdi

Daily Mail nashrining yozishicha, AQSh Montana shtati senatori Stiv Deyns matbuot anjumanida «yuqori martabali amaldor»ga tayanib, 2023-yilda Markaziy Osiyodan kelgan 50 mingdan ortiq odam AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tganini aytgan.

Deynsning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar noqonuniy migrantlar oqimidan xavotirda va ular Qo‘shma Shtatlarga xavf tug‘dirishi mumkin.

AQShda boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqish jarayonini kuzatuvchi TRAC notijorat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kamida 40 ming markaziy osiyolik bunday ishlar bo‘yicha sud jarayonini kutmoqda. Ulardan 17 ming nafari O‘zbekiston, 7 ming nafari Qirg‘iziston, 3 ming nafari Tojikiston, 2,7 ming nafari Qozog‘iston, 2 ming nafari Turkmaniston fuqarolaridir.

Stiv Deyns chegaradagi migrantlar inqirozi bo‘yicha AQSh prezidenti Jo Baydenga xat yozib, chora ko‘rishni so‘ragan. Daily Mail nashri keltirgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u 2021-yilda hokimiyatga kelganidan beri 7,3 milliondan ortiq migrant AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.