Fakt

2023-yilda 99 nafar jurnalist va OAV xodimi halok boʻlgan

Halok boʻlganlarning mutlaq koʻpchiligi — 72 kishi Gʻazo sektorida halok boʻlgan falastinlik jurnalistlardir.

Jurnalistlarni Himoya qilish Qoʻmitasining (CPJ) anʼanaviy hisobotida, 2023-yilda 99 jurnalist va OAV xodimi oʻldirilganligi aytilgan. Bu 2015-yildan beri eng yuqori koʻrsatkich boʻlib, 2022-yilga nisbatan 44 foizga koʻpdir.

CPJ jurnalistlar tinch aholi ekanligini va ularga ataylab hujum qilish urush jinoyati ekanligini eslatmoqda. Halok boʻlganlarning mutlaq koʻpchiligi — 72 kishi Isroil va HAMAS oʻrtasidagi urushning dastlabki uch oyida Gʻazo sektorida halok boʻlgan. Halok boʻlgan jurnalistlarning aksariyati falastinliklardir, uchta livanlik va ikki isroillik jurnalist ham bor. CPJga koʻra, bu raqam har qanday bir mamlakatda qachondir oʻldirilgan jurnalistlar sonidan ham koʻproqdir.

Shuningdek, Gʻazo sektorida baʼzi jurnalistlarning oilalari ham halok boʻlgan, koʻplab OAV xodimlari qochishga majbur boʻlgan – bularning barchasi oʻlim holatlarini tergov qilishni murakkablashtiradi.

CPJ Isroil askarlari jurnalistlarni qasddan oʻldirayotganini surishtirmoqda (Isroil armiyasi janglarda jurnalistlarni bexosdan oʻlidirib qoʻyishini tan olgan). Deadly pattern nomini olgan ushbu surishtiruvda aytilishicha, soʻnggi 22-yilda Isroil armiyasi tomonidan kamida 20 nafar jurnalist qasddan oʻldirilgan, biroq bu uchun hech qaysi harbiy javobgarlikka tortilmagan. Masalan, 2023-yil dekabrida Al-Jazeera operatori Samer Abu Dakkani yaralangan va qon ketishidan vafot etgan. Isroil harbiylari uning yoniga shifokorlarni qoʻymagan edi.

CPJ Ukrainada 2023-yilda OAV xodimlarining oʻlimi kamayganini qayd etgan: u yerda ikki jurnalist halok boʻlgan. 2022-yilda Ukrainada 13 nafar jurnalist halok boʻlgan edi.

320 nafar jurnalist dunyo boʻylab hibsda saqlanmoqda. Jurnalistik faoliyat uchun eng xavfdi mamlakatlar uchligidan Xitoy (qamoqda – 44 kishi), Myanma (43 nafar) va Belarus (28 nafar) joy olgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.