Feyk

Ilon Mask Rossiyaga Starlink terminallarini sotganini rad etdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zi asos solgan SpaseX kompaniyasi o‘z terminallarini Rossiyaga sotayotgani haqidagi maʼlumotni rad etdi.

«Bir qator feyk xabarlarda SpaseX Rossiyaga Starlink terminallarini sotayotgani haqida daʼvo qilinmoqda. Bu mutlaqo yolg‘on. Bizga maʼlum bo‘lishicha, Rossiyaga birorta ham Starlink to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita sotilmagan», deb yozgan Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ukraina harbiy razvedka xizmati yakshanba kuni Rossiya kuchlariga hujum Starlink terminallari yordamida aniqlanganini aytdi. Dalil sifatida ular ikki rus askari o‘rtasidagi suhbatning yozuvini eʼlon qilishdi.

Dushanba kuni Kreml SpaseXʼning Starlink tizimi Rossiyada foydalanish uchun sertifikatlanmaganligini aytdi va Kiyev hamda Mask o‘rtasidagi bahslarga aralashish niyatida emasligini qo‘shimcha qildi.

Yuqori tezlikdagi aloqani taʼminlash uchun Ilon Maskning Spase X kompaniyasi tomonidan boshqariladigan bir qator sunʼiy yo‘ldoshlardan foydalanadigan Starlink terminallari ukraina harbiylariga ustunlik berishda muhim rol o‘ynadi.

Biroq so‘nggi haftalarda Ukraina ommaviy axborot vositalarida rus qo‘shinlari Starlinkʼni bosib olingan Ukrainada front chizig‘ida qo‘llayotgani haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘la boshladi.

Bu esa Spase X kompaniyasini ijtimoiy tarmoqlarda “Rossiya hukumati yoki uning harbiylari bilan hech qanday aloqasi yo‘qligi” haqida bayonot chiqarishga undadi.

G‘arbiy texnologiya komponentlari muntazam ravishda Rossiya arsenalida topilib qoladi, chunki Moskva sanksiyalardan qochishga ko‘proq mohir bo‘lib, ko‘pincha uchinchi davlatlar orqali tovarlarni import qiladi.

Shu bilan birga, AQSH Senati yakshanba kuni kamdan-kam dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan sessiyada tashqi yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasini ilgari surish uchun ovoz berdi va hujjat shu hafta oxirida yakuniy qabul qilish uchun ovozga qo‘yildi. Ammo qonun loyihasini qabul qilish harakatlari yaqin kunlarda davom etishi kutilmoqda, chunki ayrim senatorlar uning rivojlanishini sekinlashtirishga harakat qilmoqda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.