Fakt

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida yangi bojxona posti qurilmoqda

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida O‘zbekistonni qo‘shni Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi yangi chegara posti qurilishi davom etmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, inshoot Uchqo‘rg‘on tumani, “Bo‘ston” mahallasidagi «Uchqo‘rg‘on – Madaniyat» yo‘lining o‘ninchi kilometrida barpo etilyapti. Xuddi shunday loyiha Qirg‘izistonning Navkent tumani, Qiziltuu qishlog‘i «Kengsay» bojxona postida ham amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi «Uchqo‘rg‘on» va «Kengsay» chegara bojxona postlari 2024 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, mazkur bojxona chegara postining ochilishi Namangan viloyati va Uchqo‘rg‘on tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratadi, viloyat, tuman iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, logistika, xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.