Feyk

Toshkentdagi maktablarda ommaviy qirg‘in sodir etilishi haqida turli xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent maktablarida ommaviy qirg‘in sodir etilishi haqida turli xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi mazkur xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.

2024-01-30-13-39-31

Qayd etilishicha, bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi orasida vahima, sarosima qo‘zg‘ashga erishishdir. Ayni provokatsiyalar MDH hududi uchun birinchi holat emas. Shunday axboriy hujumlar Rossiya, Qozog‘iston ijtimoiy tarmoqlarida ham kuzatilgan edi.

Rasmiylar jamoatchilikni xotirjamlikka, yolg‘on ma’lumot tarqatmaslikka chaqirmoqda. Agar shu kabi xabarlarga ko‘zingiz tushsa, u holda huquq-tartibot idoralarini xabardor qiling, deyiladi xabarda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.