Bill Geyts: Sunʼiy intellekt tufayli odamlar tez orada haftada atigi 3 kun ishlashadi
Milliarder va “Microsoft” asoschisi Bill Geyts, sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi yutuqlar standart ish haftasini uch kungacha qisqarishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidladi. Bu haqda u “What Now?” podkastiga bergan intervyusida aytib oʻtdi, deb yozadi «Business Insider».
Podkast boshlovchisi Trevor Noadan sunʼiy intellektning rivojlanishi ish joylariga tahdid soladimi, degan savoliga Geyts shunday vaqt keladiki, odamlar «hozirchalik koʻp vaqt ishlashlari shart boʻlmaydi» deb javob berdi. Uning tasavvuricha «robotlar barcha oziq-ovqat va boshqa narsalarni ishlab chiqaradigan» boʻladi.
Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
1990-yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.
