Feyk

Feyk: Toshkentda metro poyezdlari toʻqnashib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchilar tomonidan Toshkent metrosining ikki vagoni toʻqnashib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Xabarlarda Novza metro bekatida vagonlarning toʻqnashib ketgani aytiladi.

Ushbu xabarlar feyk va “Toshkent metropoliteni” DUK maʼmuriyati ham ushbu xabarni rad etib chiqdi.

“Toshkent metropolitenida bugungi kunda hech qanday poyezdlar oʻrtasida toʻqnashuv hamda bu kabi nosozlik holatlari kuzatilgani yoʻq”, deyiladi “Toshkent metropoliteni” DUK rasmiy bayonotida.

23-oktyabr kuni soat 09:46 lar atrofida “Shahriston” metro bekatining aylanma yoʻlidan harakatga chiqishi lozim boʻlgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangan.

“Shahriston” metro bekatida poyezd tarkibi texnik nosozlik sabab toʻxtab qoldi. Holat yuzasidan tezkor koʻrilgan chora tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan. Bu esa yoʻnalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan.

2022-yilda Toshkent metropolitenida kuzatilgan muammolar haqida bir qator xabarlar berilgan edi. Xususan, poyezdlar bir necha bor toʻxtab qolgan, harakat yoʻnalishi cheklangandi. Shuningdek, Toshkent yerusti metrosida yuz bergan qisqa tutashuv yuzasidan rasmiy maʼlumot berilgan, metro poyezdi “Olmazor” bekatida toʻxtab qolgan, metro poyezd nosozlik sabab “Chorsu” bekatida yoʻlovchilarni tushirib qoldirgan edi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.