O‘sha yig‘ilishda sudlanuvchilardan biri “Dok-1 Maks”ga asal asal ta’mi qo‘shilgan paytda uning guvohnomasi muddati tugagan bo‘lsa, guvohnoma muddatini uzaytirish o‘rniga dori tarkibi o‘zgargani uchun unga yangi guvohnoma qilinishi kerakligi haqida savol bergan. Bunga javoban, Farmatsevtika agentligi direktorining sobiq o‘rinbosari N.M. “preparatning molekulasi o‘zgarmaganini” ta’kidlagan. Ayblanuvchi “etilenglikol qo‘shilganda dori molekulasi o‘zgargan” deya ta’kidlagan. N.M. esa dori ishlab chiqaruvchilari etilenglikol qo‘shilishi haqida hech qanday ma’lumot berilmaganini bildirgan.