Feyk

“Unistream” Oʻzbekistonda faoliyati toʻxtatilganini rad etdi

“Unistream” Oʻzbekistonga pul joʻnatmalarini oʻtkazishda davom etmoqda va UzCard hamda HUMO kartalariga pul oʻtkazish limitini oshirdi, deb xabar berdi TASS toʻlov tizimi matbuot xizmatiga tayangan holda.

Xabarda aytilishicha, “Unistrim” iyul oyidan boshlab UzCard va HUMO kartalariga bir martalik tranzaksiya miqdorini oshirib, bir kishi uchun 16 499 988 soʻm qilib belgilagan. Mazkur kartalarga bir oyda bir kishi oʻtkazish mumkin boʻlgan pul miqdori 164 999 999 soʻm darajasiga yetkazilgan.

“Unistream” bundan buyon joʻnatmalar faqat rublda oʻtkazilishini va Oʻzbekistonda u milliy valyuta – soʻmda berilishini bildirdi.

Avvalroq Rossiyaning “Unistream” toʻlov tizimiga 20-iyulda AQSH sanksiyalar kiritilgach, Oʻzbekistondagi kamida beshta bank u bilan ishlashni toʻxtatgani maʼlum qilingan edi.

21-iyul kuni “Ipoteka-bank”, 24-iyul kuni “Xalq banki”, “Trastbank”, 25-iyul kuni “Turonbank” va “Hamkorbank” “Unistream” bilan ishlashni vaqtincha toʻxtatganini bildirgan.

Shu bilan birga, banklar 25-iyuldan boshlab Rossiya tizimi orqali pul oʻtkazmalari va toʻlovlar faqat milliy valyutada amalga oshirilishini qayd etgan.

2022-yil 25-iyuldan boshlab “Kapitalbank” “shubhali tranzaksiyalar” tufayli “Kontakt”, “Zolotaya Korona” va “Unistream” orqali pul oʻtkazmalariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatgandi. Bundan oldinroq, oʻtgan yilning fevral oyidan boshlab, “Ipak yoʻli” banki tomonidan “texnik sabablarga koʻra” “Unistream” orqali toʻlovlar toʻxtatilgan edi. Tizimning qayta tiklanishi haqida xabar berilmagan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.