Ma’lumot uchun, Zayniddin Eshonqulov 1976-yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institututi (1994−1998) va Samarqand davlat universitetini (2001−2005) tamomlagan. Misrdagi Al-Azhar universiteti hamda Xalqaro islomiy tadqiqotlar markazida malaka oshirgan. “Payg‘ambar atrofidagi kishilar” kitobini tarjima qilgan. 1998-yildan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida mehnat qiladi. 2014−2017-yillarda idoraning Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, 2017-yildan boshlab Samarqand viloyatidagi vakili sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.