Fakt: Misrda noma’lum virus tarqalmoqda
Misrning Qohira yaqinidagi provinsiyasida bir necha kishi nomaʼlum kasallik bilan kasallangan boʼlib, alomatlari boʼyicha bu kasallik bezgakka oʼxshashi maʼlum qilinmoqda.
“Iloji boricha tanani toʼliq berkitadigan kiyim kiying, hasharotlarni daf qiluvchi va yoʼq qiladigan vositalardan foydalaning, bino ichida — deraza va eshiklarni toʼr bilan qoplang“, — deya sayyohlar uchun ehtiyot choralari sanab oʼtildi.
Shuningdek, Misrdan uchib kelayotgan sayyohlarga sogʼligʼi yomonlashganda shifokor bilan bogʼlanish tavsiya etilmoqda.
Bezgak kasalligi koʼpincha mushak va boʼgʼimlardagi ogʼriqlar, shuningdek, toshma, isitma va intoksikatsiya bilan birga keladi. Kasallik ogʼir bosqichga oʼtishi mumkin, bu davrda qon ketish xavfi bor.
