Fakt

Milliy gvardiya va ichki ishlarga ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarni jazolash vakolati berildi

“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi hamda Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ko‘rishi belgilandi.

Shuningdek, qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi.

Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Bundan tashqari Milliy gvardiya voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga undaganlarni, jamoat joylarida alkogol ichganlarni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlagan, saqlagan yoki tarqatganlarni, tilanchilik qilganlarni va qimor oʻynaganlarni jarimaga tortishi mumkin.

“Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks”ga kiritilgan oʻzgartishlarga muvofiq Milliy gvardiya huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish vakolatiga ham ega boʻladi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.