Bojxona xizmati Qozogʻistondan Oʻzbekistonga ikkinchi qoʻl kiyim-kechaklarning ommaviy olib kirilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
Avvalroq OAV Qozogʻistondan 50 ming tonnadan ortiq eskirgan kiyim (ikkinchi qoʻl/second hand) olib chiqib ketilgani haqida maʼlumot tarqatgan edi. Ushbu tovarlarning asosiy isteʼmolchisi Tojikiston — 98% eski kiyimlarni import qilgan, qolganini Oʻzbekiston sotib olgan.
Tengrinews xabariga koʻra, soʻnggi yillarda Qozogʻistonda savdo birdaniga 60 barobar oshgan. Moliya vazirligining Davlat daromadlari qoʻmitasining statistik maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili qozogʻistonliklar kiygan 50 ming tonnadan ortiq kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar mamlakatdan olib chiqib ketilgan.
Uch yil oldin savdo hajmi atigi 300 tonnani tashkil etgan edi. Bir tonnaning oʻrtacha narxi taxminan ikki ming dollarni tashkil etdi. Tojikiston qozoq kiyimlarining asosiy isteʼmolchisiga aylandi — barcha eski kiyimlarning 98 foizi u yerdan import qilingan, qolganini Oʻzbekiston sotib olgan.
Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil va 2023- yilning oʻtgan davri uchun:
– Oʻzbekistondan mamlakatda ishlab chiqarilgan 1 milliard 450 million dollarlik, ogʻirligi 126,5 ming tonna boʻlgan tayyor kiyim-kechak eksport qilindi;
– Oʻzbekiston 89,6 million dollarlik, ogʻirligi 30,5 ming tonna boʻlgan kiyim-kechaklarni import qildi.
Bundan tashqari, bojxonachilarning maʼlumotlariga koʻra, ushbu davrda Oʻzbekistonga kelgan fuqarolarning 2,4 tonna shaxsiy kiyim-kechaklari mamlakatga olib kirilgan.
“Qozogʻiston Respublikasidan mamlakatga ushbu turdagi (ikkinchi qoʻl) tovarlarning rasmiy importi qayd etilmagan”, — deyiladi qoʻmita xabarida.
