Fakt

Fakt: Oʻzbekistonda kunlik va soatlik elektr isteʼmoli boʻyicha rekord yangilandi

Energetika vazirligi Oʻzbekistonda 13-iyun kuni kunlik va soatlik elektr isteʼmoli boʻyicha rekord yangilangani toʻgʻrisida xabar berdi.

Rasman bildirilishicha, 13-iyun kuni Oʻzbekistonda 231,7 mln kVt/soat elektr quvvati isteʼmol qilindi. “Bu miqdor iyun oyi uchun rekord koʻrsatkich hisoblanadi. Bundan bir yil muqaddam xuddi shu kuni 202 million kVt/soat elektr energiyasi ishlatilgan boʻlib, oʻsish koʻrsatkichi 14,7 foizni tashkil qilmoqda”, deyiladi bildiruvda.

Vazirlikning taʼkidlashicha, 14-iyun kuni soat 11:00 ga qadar soatlik ehtiyoj hajmi 11 080 MVtni tashkil qildi. Bu esa 2022-yilning 14-iyuniga nisbatan 1600 MVt (15,4 foiz) ga koʻpdir.

“Ushbu quvvat deyarli toʻrtta bugʻ-gaz qurilmasining yoki ikkita “Toʻraqoʻrgʻon” IESning quvvatiga teng. 14-iyunda sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli 238-239 million kVt/soatga yetishi kutilyapti. Mazkur raqam 2022-yilning mos davrida qayd etilgan isteʼmol miqdoridan qariyb 30 million kVt/soat yoki 14,8 foiz koʻpdir”, deb bildirdi vazirlik.

Rasmiy maʼlumotda aytilishicha, 2022-yilning iyulidagi “eng anomal issiq haroratli davrda ham maksimal yuklama 10 800 MVtdan, sutkalik maksimal isteʼmol hajmi esa 238,2 million kVt/soatdan oshmagan edi”.

Vazirlik buning natijasida elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalar ortishi, tarmoqda esa turli nosozliklar kelib chiqishidan ogohlantirdi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.