Feyk

Cobalt va Lacetti narxlari oshishi haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors buni feyk deya rad qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt va Lacetti narxlari 20-23 ming dollardan boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors bunga munosabat bildirdi va ma’lumotni rad qildi.

Kompaniyaning xabar berishicha, ommaga Cobalt va Lacetti narxlari oshirilishi bo‘yicha hech qanday maʼlumot taqdim qilinmagan.

“ Ijtimoiy tarmoqlarda 1-iyundan boshlab UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyasini taqdim qilishi, Cobalt va Lacetti narxlari esa $20-23 ming dollardan boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors bu bo‘yicha hech qanday ma’lumot taqdim qilmagan. Ushbu ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘onligini ta’kidlab o‘tish kerak. Turli sahifa egalarini odamlar eʼtiborini tortish uchun ular qiziqqan yo‘nalishda biror bir faktga asoslanmagan axborotni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz. Kompaniya va mahsulotlar narxi haqida rasmiy sahifalarimiz orqali bilib olishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.