Feyk

Feyk: Namanganda bolalar o‘g‘risi paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda bolalar o‘g‘risi paydo bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqaldi. E’lon qilingan videoda bir erkak va ayol o‘zlarini shubhali tarzda tutib, maydonchada o‘ynayotgan bolalarni kuzatganini ko‘rish mumkin.

Bolalar o‘g‘risi deya hisoblangan ikki shaxs aslida qarzini undirishga kelgan.

Video muallifi bolalar o‘ynayotgan maydoncha yonida noma’lum kishilar turganini aytgan. Ular bilan muloqotga kirishgach, ushbu shaxslar o‘zlaridan qarz olgan bir fuqaroni qidirayotgani ma’lum bo‘lgan. Ular pullarni undirish maqsadida Andijondan kelgan.

Video muallifi har ehtimolga qarshi holatni mobil telefoniga tasvirga olgan. Chetdan qaraganda videoda rostdan ham noma’lum shaxslar bolalarni kuzatib turgandek tasavvur uyg‘otadi. Biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari bunday emasligini aytib, tasdiqlanmagan faktlarga ishonmaslikni va boshqa odamlarning qadr-qimmatini kamsitmaslikni so‘ragan.

Mart boshlarida Toshkent shahri hududida so‘nggi 5 yil davomida birorta ham bola o‘g‘irlanishi holati sodir bo‘lmagani, voyaga yetmaganlar bedarak ketgan holatlar bo‘lgani, lekin barcha voyaga yetmaganlar topilgan va oilasiga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida har kuni PPX xodimlari patrullik qilishi ma’lum qilingan edi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.