Feyk

Facebookʼda o‘zbek tilida feyk xabar tarqalmoqda

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i hamda «Telegram» messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda AT «IPOTEKA BANK» hamda XATB «DAVR BANK» nomidan foydalanib tarqatilayotgan «Hamma uchun 0% kredit, 99% tasdiqlash» mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

photo-2023-04-21-07-28-17

Ushbu xabar ilovasiga o‘tilganda, na Ipoteka banki va na Davr Bankiga aloqasi bo‘lgan shubhali reklama saytiga duch kelinadi.

Bu kabi saytlar asosan firibgarlar tomonidan yaratilib, foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini yoki elektron hamyonlarida mablag‘larni o‘g‘irlash uchun yaratiladi.

Yuqorida tilga olingan banklarning kredit berish shartlari haqidagi maʼlumotlarni banklarning rasmiy sayti hamda koll markazlariga qo‘ng‘iroq qilib olishingiz mumkin.

Avvalroq, Ipak Yo‘li Bank hamda Kapitalbank nomidan tarqalgan feyk axborotlar haqida maʼlumot bergan edik.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.