Feyk: “Kapitalbank” nomidan soxta xabar tarqalmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar orqali banklar nomidan foydalanib firibgarlik qilish davom etmoqda. Bu safargi feyk e’lon “Kapitalbank” ATB nomidan foydalanib tarqatilmoqda. E’londa «Kapital bankdan O‘zbekistonda onlayn mikrokredit», deya bong uriladi.
E’lon orqali kirilganda «Kapitalbank»ka tegishli bo’lmagan veb saytga o‘tish mumkin.
Aslida “Kapitalbank” ATB tomonidan beriladigan kreditlar bo‘yicha bankning rasmiy sahifasi (https://www.kapitalbank.uz/ru/welcome.php) orqali maʼlumot olish mumkin.
Avvalroq, Anorbank hamda Ipak Yo‘li Bank nomidan foydalanib feyk e’lonlar tarqalayotgani haqida xabar qilingan edi.
