Feyk: «Anorbank»dan yiliga 4 foizlik 100 million so‘mga kredit
Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali “ANORBANK” AJ logotipidan foydalanib «Kredit yillik 4%, tez tasdiqlash, 100.000.000 so‘mgacha» mazmunidagi xabarlar tarqali.
Factchecking.uz blogi bankning kredit bo‘limi bilan bog‘landi va ushbu e‘lonning feyk ekanligiga ishonch xosil qildi.
Bank tomonidan beriladigan kredit maʼlumotlari bo‘yicha uning rasmiy sahifasi orqali tanishish mumkin.
Avvalroq huddi shunga o‘xshash e‘lon “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Ipak Yo‘li” AITB nomidan foydalanib tarqatilayotgani xabar qilingan edi. Feyk xabarda “Kredit yillik 0%, 50.000.000 so‘mgacha”, deya bong uriladi.
